Ozarbayjon xalqi o‘z diniy e’tiqodini himoya qilish va yuzaga kelgan masalalarni milliy manfaatlarni hisobga olgan holda hal qilish uchun yetarlicha donodir.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqayi Ozarbayjonda maktab o‘quvchilari kiyimi bo‘yicha muhokamalarga munosabat bildirarkan aytgan.
U Tehron va Boku o‘rtasidagi mavjud birodarlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bunday masalalarni o‘zaro tushunish, diniy qadriyatlar va fuqarolar huquqlariga hurmat asosida hal qilish imkonini berishini ta’kidlagan.