25-noyabr kuni Milliy Majlisda Ikkinchi Ozarbayjon–Oʻzbekiston Parlamentlararo Forumi boʻlib oʻtadi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Milliy Majlisning Matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumot tarqatdi.
Forumda Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarida parlamentlarning roli, hamkorlik yoʻnalishlari va kelajak istiqbollari muhokama qilinadi.
Tadbirda Milliy Majlis va Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2027–2028-yillar uchun “Yoʻl xaritasi”ni imzolash koʻzda tutilgan.
Forum doirasida ikki davlat parlamentlararo hamkorlik komissiyasining birinchi yigʻilishi ham boʻlib oʻtadi.
