Amerikaning "Eldridge" kompaniyasi boshchiligidagi konsorsium Rossiyaning “Lukoil" kompaniyasining xalqaro aktivlarini sotib olish boʻyicha kelishuv imzoladi.
Modern.az xabar berishicha, bitimga 11 mamlakatdagi neft-gaz loyihalari, Yevropada joylashgan uchta neftni qayta ishlash zavodi, xalqaro treyder LITASCO va 16 mamlakatda faoliyat yurituvchi 2 mingdan ortiq yoqilgʻi quyish shoxobchalari kiradi.
Ushbu aktivlarning umumiy ishlab chiqarishi kuniga taxminan 350 ming barrel neft ekvivalentiga teng.
Bitim shartlariga koʻra, Rossiya tomoniga toʻgʻridan-toʻgʻri pul toʻlovi nazarda tutilmagan. Sotishdan tushgan mablagʻlar besh yil muddatga yoki sanksiyalar bekor qilingunga qadar cheklangan kirish imkoniyatlariga ega maxsus hisobda saqlanadi.