AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHda yashovchi har bir voyaga yetgan fuqaroga 5 ming dollar to'lashni va'da qildi.
Modern.az xabar berishicha, Tramp bu haqda Dallasda Respublikachilar partiyasining qurultoyida so'zlagan nutqida aytib o'tgan. U Respublikachilar partiyasi Senat va Vakillar palatasiga o'tkaziladigan saylovlarda g'alaba qozongan taqdirda, bu to'lovni amalga oshirishini aytgan.
Prezident nazarda tutilgan pul to'lovini “Tramp dividendlari” deb atagan.