“Men Rossiyaning harbiy bazasi masalasini hech qachon kun tartibiga kiritmaganman. Armanistonning bunday bazaga ehtiyoji yo'q”.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Jamoat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Agar Rossiya bu yerda harbiy baza saqlamoqchi bo'lsa, bu bir holat. Agar xohlamasa, boshqa holat. Faqatgina masala shundan iborat”.
Pashinyanning so'zlariga ko'ra, bu masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Bishkekda bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng kun tartibiga kiritilgan.