Ozarbayjon va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarni ittifoq darajasiga ko‘tarishni nazarda tutuvchi shartnoma Milliy Majlisda muhokamaga qo‘yiladi.
Modern.az xabar berishicha, “Ozarbayjon Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani” tasdiqlash to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlangan.
Loyiha Milliy Majlisning Xalqaro munosabatlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan.
Shartnoma Ozarbayjon va Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni ittifoqchilik tamoyillari asosida kengaytirishni nazarda tutadi.
Qonun loyihasi qo‘mitada muhokama qilingandan so‘ng Milliy Majlisning yalpi majlisiga tavsiya etilishi mumkin.