Boku Slavyan Universitetida (BSU) 2026-2027-o'quv yilidan boshlab arman tili o'qitiladi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda universitet matbuot kotibi Sabina Huseynzade ma'lum qilgan:
"Boku Slavyan Universitetining Ilmiy Kengashi qaroriga ko'ra, arman tilini o'qitish keyingi yillarda rejalashtirilgan".
Eslatib o'tamiz, BSU rektori Anar Nagiyev o'tgan yili bergan bayonotida 2026-2027-o'quv yilidan boshlab universitetda arman tili fanini o'qitish rejalashtirilganini aytgan edi.
