Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh harbiylari Ummon hududiy suvlarida, Hormuz boʻgʻozida yashirin mina tozalash operatsiyasini oʻtkazdi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda “Intelligence Online” maʼlumot tarqatgan.
Maʼlumotlarga koʻra, operatsiya 2026-yil avgust oyining boshida, AQSh va Eron oʻrtasidagi 60 kunlik sulh tugashiga oz qolganida amalga oshirilgan. Mazkur sulh 17-avgustda tugagan.
Qayd etilishicha, Ummon Gʻarb ittifoqchilariga murojaat qilib, mamlakatning hududiy suvlariga joylashtirilgan suv osti minalarini tozalashda yordam soʻragan. “Intelligence Online” maʼlumotlariga koʻra, gap Eron tomonidan joylashtirilgan minalar haqida ketmoqda.
Operatsiyaning aynan sulh tugashidan oldin oʻtkazilgani diqqatga sazovordir. Maʼlumotlarga koʻra, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh ishtirokida amalga oshirilgan mina tozalash missiyasi Hormuz boʻgʻozida kemalar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadini koʻzlagan.