AQSH Davlat departamenti Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (SEPAH)ning besh nafar yuqori lavozimli amaldori haqida ma’lumot berganlarga jami 10 million dollargacha mukofot va’da qildi.
Modern.az xabar berishicha, AQSH Davlat departamenti SEPAHning asosiy shaxslari haqida ma’lumot berganlarga 10 million dollargacha mukofot berilishini e’lon qildi.
Mukofot dasturiga SEPAH bosh qo‘mondoni Ahmad Vahidi, SEPAH Markaziy qo‘mondonligi rahbari Muhammad Rizo Abdullohi, SEPAH Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Muhammad Rizo Ag‘aayani, SEPAH Kiber va elektron qo‘mondonligi rahbari Dovud Lashgariyan va SEPAH Razvedka boshqarmasi rahbari Muhammad Kozim Xodami kiradi.
AQSH tomoni bu shaxslarning faoliyati va SEPAH tuzilmalari haqida muhim ma’lumotlarni olishda jamoatchilik yordamidan foydalanishga harakat qilmoqda.
Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, taqdim etilgan ma’lumotning qiymati va ahamiyatiga qarab mukofot miqdori o‘zgarishi mumkin.