Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenski Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Ukrainaning Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Modern.az xabar berishicha, Zelenski bu haqda “X” sahifasida post qoldirgan.
“Turkiyaning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qat’iy sodiqligi misli ko‘rilmagan darajada mustahkam munosabatlarimizning asosini tashkil etadi. Ukraina, shuningdek, sizning shaxsiy ishtirokingizni va Turkiyaning rus asirligidagi ukrainaliklarni qaytarishdagi, shuningdek, tinchlikni yaqinlashtirish yo‘lidagi vositachilik sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi”, - dedi Zelenski.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, Turkiyaning urushni tugatish va tinchlik jarayonidagi rolining muhimligini alohida ta’kidladi.