Armanistonda davlat mulkini o'zlashtirish bilan bog'liq jinoiy ish bo'yicha mamlakatning ikki sobiq prezidenti - Robert Kocharyan va Serj Sarkisyan ayblanuvchilar qatorida.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armaniston Bosh prokuraturasi ma'lumot tarqatgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, jinoiy ish 24-avgust kuni boshlangan. Ish bo'yicha ayblovlar faqat sobiq prezidentlar bilan cheklanmaydi. Ayblanuvchilar orasida Robert Kocharyanning katta o'g'li Sedrak Kocharyan, Yerevan shahrining sobiq meri Gagik Beglaryan va yana besh kishi bor.
Bundan tashqari, Kocharyan prezidentligi davrida bosh vazir lavozimini egallagan va hozirda vafot etgan Andranik Markaryan ham ish bo'yicha ayblanuvchi sifatida ko'rsatilgan. Armaniston Bosh prokuraturasi jinoiy ish davlat mulkini o'zlashtirish bilan bog'liqligini ma'lum qildi. Ish bo'yicha aniq epizodlar va o'zlashtirilgan deb da'vo qilingan mulk yoki mablag'larning hajmi haqida qo'shimcha ma'lumot berilmagan.
Qayd etish joizki, Robert Kocharyanga avvalroq lavozim vakolatlarini suiiste'mol qilish, xususan, katta miqdordagi pul mablag'larini legallashtirish va pora olish ayblovlari ham qo'yilgan.
Hozirda Robert Kocharyan va Serj Sarkisyan tergov organlari tomonidan hibsga olingani aytilmoqda.