Armaniston Mudofaa vazirligi mamlakatning Milliy Qahramoni va separatistik rejimning “qahramoni” deb e’lon qilgan Monte Melkonyan haqida suratga olinayotgan “Monte” filmiga avval va’da qilingan moliyaviy yordamdan voz kechdi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armanistonning “Hraparak” gazetasi ma’lumot tarqatgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligining loyihani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishiga filmda harbiy sahnalarning mavjudligi sabab bo‘lgan. Loyiha Armaniston Fan, Ta’lim, Madaniyat va Sport vazirligi, shuningdek, Yerevan meriyasi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan.
Film premyerasi 25-noyabrga rejalashtirilgan. Xabar tarqalguniga qadar Armaniston Mudofaa vazirligi masala yuzasidan izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Monte Melkonyan Armaniston tomonidan Milliy Qahramon deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, u xalqaro miqyosda terrorchi sifatida tanilgan. “ASALA” guruhining a’zosi sifatida AQSh va Fransiyada terror aktlari uyushtirgan Melkonyan Ozarbayjonga qarshi harbiy tajovuzda faol ishtirok etgan. U 1993-yil iyun oyida Ag‘dam hududida Milliy Armiyamiz tomonidan yo‘q qilingan.