Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov natsizm Yevropada, xususan Ukrainada tarqalayotganini da'vo qildi.
Modern.az xabar berishicha, Lavrov bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog'ida aytgan.
"Buyuk ajdodlarimiz natsizmni mag'lub etishdi, ammo hozir uning metastazlari butun Yevropaga tarqalmoqda. Ukrainada esa bu insoniyatga qarshi mafkurani konsentratsiyalangan shaklda qayta tiklamoqda", - dedi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari qo'shimcha qildiki, u muloqot qilganlarning aksariyati Rossiyaning Ukrainadagi "maxsus harbiy operatsiyasini" natsizmning oldini olish bilan bog'liq navbatdagi vazifa deb baholaydi.
Rus tilida so'zlashuvchi Ukraina aholisining ahvoli haqida gapirar ekan, Lavrov Rossiya ularning huquqlarini tiklash uchun barcha zarur choralarni ko'rayotganini bildirdi.