Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda boʻlib oʻtgan “SHHT+” formatidagi yigʻilishda SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Gromikoni esladi.
Modern.az mahalliy OAVga tayanib xabar berishicha, Putin Gromikoning Gʻarbda tez-tez “Janob Yoʻq” (“Mr. No”) laqabi bilan tanilganini taʼkidladi.
Rossiya yetakchisi BMT faoliyatidan norozilik sovet davrida ham mavjud boʻlganiga eʼtibor qaratdi.
“Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vaziri janob Gromikoni tez-tez “Mister No” deb atashlari bejiz emas edi”, - dedi Putin.
Andrey Gromikoga “Janob Yoʻq” laqabi BMT Xavfsizlik Kengashida SSSR manfaatlarini himoya qilish maqsadida veto huquqidan tez-tez foydalangani uchun berilgan edi.
Putinning soʻzlariga koʻra, Gromiko bu huquqdan Afrika, Lotin Amerikasi va Janubi-Sharqiy Osiyoda mustamlaka qaramligidan ozod boʻlish va mustaqillik uchun kurashayotgan davlatlarni himoya qilish uchun ham foydalangan.