Ukraina poytaxti Kiyevdagi do'konlarda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga keldi va ba'zi mahsulotlarni sotishga cheklovlar qo'yildi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda “Kiyev-24” ma’lumot tarqatgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, do'konlarda non, kartoshka, olma, suli, ba'zi tovuq mahsulotlari va muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlar yetishmayapti. Eng jiddiy vaziyat kungaboqar yog'i bilan bog'liq ekanligi aytilmoqda. Shunday qilib, ba'zi do'konlarda kungaboqar yog'i tanqisligi kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, bu avgust oyida Kiyevda oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan bog'liq birinchi muammo emas.