Nepalda kuchli sel natijasida halok bo'lganlar soni 22 nafarga yetdi, 384 nafar sayyoh va sayohatchi bedarak yo'qolganligi xabar qilinmoqda.
Modern.az xabar berishicha, Nepal Turizm boshqarmasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, bedarak yo'qolganlarning 291 nafari xorijiy davlat fuqarolari, 93 nafari esa Nepal fuqarolaridir.
Bedarak yo'qolganlar orasida Hindiston, Avstraliya, Niderlandiya, AQSh, Malayziya, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika fuqarolari borligi aytilmoqda. Yana 111 kishining fuqaroligi hali aniqlanmagan.
Sel Nepalning Xitoy bilan chegaradosh tog'li Rasuva viloyatida ayniqsa jiddiy oqibatlarga olib keldi. Kuchli suv oqimi aholi punktlari, yo'llar, ko'priklar va energiya infratuzilmasi ob'ektlarini vayron qildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Falokat qo'shni Xitoyning Tibet viloyatiga ham ta'sir ko'rsatdi. Ko'chki Gyrong porti hududida jiddiy vayronagarchiliklarga sabab bo'ldi. Xitoy tomoni bu yerda yo'qotishlar borligini e'lon qilsa-da, halok bo'lganlarning aniq soni haqida ma'lumot bermadi.