“Yaqin vaqt ichida Armanistondan Ozarbayjonga mahsulot yetkazib berish haqida ma'lumot e'lon qilinadi”.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Jamoat televideniyesiga bergan intervyusida aytgan.
“Yaqin kunlarda Ozarbayjon kompaniyalari Armaniston kompaniyalaridan tovar va mahsulotlar sotib olganini bilib olasiz. Armaniston Ozarbayjonga mahsulot sotadi. Bu esa allaqachon ikki tomonlama savdo bo‘ladi”, – dedi Mirzoyan.
Ta'kidlash joizki, u bu so‘zlarni hozirda faqat Yerevan Bokudan mahsulot sotib olayotgani haqidagi fikrlarga javoban aytgan.