Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkian va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun Qirgʻizistonga tashrif buyurishdi.
Modern.az xorijiy matbuotga tayanib xabar berishicha, Mas’ud Pezeshkian Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi hamrohligida Qirgʻiziston poytaxti Bishkekka yoʻl olgan.
Eron Prezidentining tashrifi ikki kun davom etishi aytilmoqda. Pezeshkian Bishkekda boʻlib oʻtadigan ShHT davlat rahbarlari sammitida nutq soʻzlaydi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ikki kunlik ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonga joʻnab ketgan.
Pashinyan ShHT sammitining “ShHT+” formatidagi uchrashuvida va uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Armaniston Bosh vazirining xorijiy hamkasblari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.