Kahramanmaraşda bir oʻqituvchi va 9 nafar oʻquvchining oʻlimiga sabab boʻlgan maktab hujumini sodir etishda ayblangan Isa Aras Mersinlining hibsdagi otasi va onasi birinchi marta sud oldiga chiqarildi.
Modern.az xabar berishicha, politsiya bosh inspektori boʻlgan ota Ugʻur Mersinli sudda bergan koʻrsatmasida voqeani sodir etgan shaxsning oʻgʻli ekanligini tasdiqlab, “Menga emas, unga qarshi ish ochilishi kerak edi” degan.
Sud hay’ati koʻpchilik ovoz bilan ona Peyman Pinar Mersinlining ozod etilishiga, bir ovozdan esa ota Ugʻur Mersinlining hibsda saqlanishini davom ettirishga qaror qildi.
Qayd etish joizki, Isa Aras Mersinli 15-aprel kuni otasi Ugʻur Mersinlida boʻlgan 5 ta oʻqotar qurol va 7 ta patron magazini bilan Ayşe Chalik oʻrta maktabida terakt sodir etgan. Voqea natijasida bir oʻqituvchi va 9 nafar oʻquvchi halok boʻlgan, 15 nafar oʻquvchi esa jarohatlangan. Hujum qilgan Isa Aras Mersinli qurol ovozlarini eshitib maktabga kirgan Necmettin Bekchi tomonidan pichoq bilan zararsizlantirilgan.
Voqeadan soʻng Mersinlining politsiya bosh inspektori boʻlgan otasi Ugʻur Mersinli va oʻqituvchi boʻlgan onasi Peyman Pinar Mersinli hibsga olingan.