Ukrainaning Ankaradagi elchisi Neriman Jalal Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda TRT Haber ma'lumot tarqatgan.
Bunga Ukraina Qurolli Kuchlarining Qora dengizda Turkiyaga tegishli kemaga o't ochishi sabab bo'lgan. Xususan, elchi 26-avgustga o'tar kechasi Tuapse yaqinida Turkiyaga tegishli "Lider Bordo Mavi" quruq yuk kemasining o'qqa tutilishi munosabati bilan TIVga chaqirilgan.
Uchrashuv davomida Turkiyaning mazkur hujumlar yuzasidan noroziligi Ukraina tomoniga yetkazildi. Qora dengizda jon va mol xavfsizligi, kemachilik va atrof-muhit xavfsizligini ta'minlash zarurligi haqida tegishli ogohlantirishlar berildi.
Qayd etilishicha, hujum natijasida kemada yong'in sodir bo'lgan, ekipajning besh a'zosi jarohatlangan.
Turkiya rasmiylarining ma'lumotlariga ko'ra, unga yordamga yo'llangan "Lider Kocatepe" kemasi ham dron hujumiga uchragan.