Kiyevning yoqilg‘i-energetika kompleksi (YEK) obyektlariga hujumlariga javoban Rossiya armiyasi Ukrainaning energiya infratuzilmasiga ommaviy zarbalar berishni boshladi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumot tarqatdi.
Bundan tashqari, Rossiya Qurolli Kuchlari tunda Kiyevdagi “Aqlli o‘q-dorilar” MChJning portlovchi moddalar saqlanadigan korxonasiga zarba berdi. Kompaniya uchuvchisiz uchoqlar va ular uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.