Ukraina Rossiyaning “Rassvet” tizimini (Rossiyaning sun'iy yo'ldosh aloqasi va navigatsiya bilan bog'liq geostatsionar sun'iy yo'ldosh tizimi - tahr.) qamrovidan chiqarishni talab qildi.
Modern.az xabar beradi, shu maqsadda Kiyev allaqachon Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqiga murojaat qilgan. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ma'lum qildi.
U, shuningdek, hamkor davlatlarni Kiyevning pozitsiyasini qo'llab-quvvatlashga va shunga o'xshash qadam tashlashga chaqirdi.
Sibiganing da'vosiga ko'ra, “Rassvet” tizimidan harbiy maqsadlarda foydalanilmoqda.