Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishaq Dar va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Modern.az xabar berishicha, suhbat chog‘ida Makka mudofaa alyansi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi.
Vazirlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar, o‘zaro manfaatli mavzular hamda ko‘p tomonlama platformalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Tomonlar aloqalarni yaqindan davom ettirishga kelishib oldilar.
Qayd etish joizki, Ishaq Dar Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhan bilan ham telefon orqali muloqot qilgan.