Futbol bo'yicha Ozarbayjon Premer-ligasining IV turining yana bir o'yini bo'lib o'tdi.
Modern.az xabar berishicha, "Neftchi" o'z maydonida "Shafa" jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv "oq-qoralar"ning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Neftchi" tarkibida Andrey Shkribek dubl qayd etdi, qolgan gollarga Rufat Abbasov va Breno De Almeyda Mello Santana mualliflik qilishdi. Mehmonlarning yagona golini esa Murad Musayev kiritdi.
Bu g'alaba bilan o'z ochkolarini 9 taga yetkazgan "Neftchi" peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Xuddi shu ochkoga ega bo'lgan "Sabah" va "Zira" keyingi o'rinlarda joylashgan.
Eslatib o'tamiz, IV turning avvalgi o'yinlarida "Gabala" o'z maydonida "Imishli"ni 2:1, "Shamaxi" Ganjada "Kapaz"ni 4:1, "Sabah" esa "Zira"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan.
Tur 6-sentabr kuni bo'lib o'tadigan 2 ta o'yin bilan yakunlanadi.