Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qozog‘istonlik oligarx Muxtar Ablyazov 2020-yilda unga Qozog‘istonda davlat to‘ntarishini tashkil etishni taklif qilganini ma’lum qildi.
Modern.az xabar berishicha, Japarov bu haqda “Super.kg” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ablyazov bilan telefon orqali suhbat 2020-yilda bo‘lib o‘tgan:
“U qirg‘izlarning uchinchi inqilobni amalga oshirganini maqtadi. Qozog‘istonda inqilob tashkil etish uchun Bishkekka kelishini aytib, mendan yordam so‘radi. Men javob berdimki, qo‘shni davlatlar siyosatiga aralashmayman va Qozog‘iston bilan munosabatlarni buzmayman”.