Puerto-Riko vakili Jennifer Barreto "Koinot go'zali 2026" ("Miss Universe") xalqaro go'zallik tanlovining g'olibi bo'ldi.
Modern.az tanlovni jonli efirda namoyish etgan "Telemundo" telekanaliga tayanib xabar beradi, 75-tanlovning finali 24-noyabr kuni Puerto-Riko poytaxti San-Xuanda bo'lib o'tdi. Tanlovda turli mamlakat va hududlardan 116 ishtirokchi bellashdi.
Tojni 27 yoshli Barretoga o'tgan yilgi g'olib, meksikalik Fatima Bosh taqdim etdi. Barreto bu unvonni qo'lga kiritgan oltinchi Puerto-Riko vakilidir.

