Armaniston parlamentidagi muxolifat Ozarbayjon bilan tinchlikka erishish yo'lidagi so'nggi to'siqdir.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Jamoat televideniyesiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Bugun parlament muxolifati tinchlikka erishish yo'lidagi so'nggi to'siqdir. Ular konstitutsiyaviy referendum o'tkazish uchun ovoz berishlari kerak", – dedi hukumat rahbari.
Pashinyan parlament muxolifatining konstitutsiyaviy referendum o'tkazish uchun ovoz berishiga ishonch bildirdi.
Bosh vazirning qo'shimcha qilishicha, Armaniston institutsional davlatga aylanishi kerak.