AQShlik milliarder Todd Boeli oʻz mamlakatining sanksiyalari ostida boʻlgan Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasining xalqaro aktivlarini sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda “Reuters” maʼlumot tarqatgan.
Xaridor Boelining tuzilmalari, investitsiya kompaniyalari va AQSh hukumati nazoratidagi Xalqaro Moliya Taraqqiyot Korporatsiyasi (DFC) kiruvchi konsorsium boʻladi.
“Lukoyl”ning xorijiy aktivlari qariyb 16 milliard dollarga baholanmoqda. Aktivlar portfeliga 11 mamlakatda joylashgan, kunlik ishlab chiqarish quvvati taxminan 350 ming barrel boʻlgan obʼyektlar kiradi. Bular orasida Ozarbayjon va Qozogʻistonda joylashgan yirik konlar ham bor.