Xelsinki va Oslo Boltiq dengizida harbiy qarama-qarshilikning oldini olish maqsadida Moskva bilan maxfiy muzokaralar o'tkazdi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda "The Wall Street Journal" ma'lumot tarqatdi. Xabar qilinishicha, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Styör rossiyalik ishbilarmonning vositachiligidan foydalanib, 27-oktabr kuni Vladimir Putin bilan shaxsan gaplashganlar.
Ular Rossiya prezidentini NATO dengiz blokadasini qo'llash niyatida emasligiga ishontirganlar.
WSJ yozishicha, bundan oldin Moskva Boltiq mintaqasida o'z manfaatlarini himoya qilish uchun preventiv yadroviy zarbalar berishga tayyorligi haqida alyansga ogohlantirgan.
G'arb davlatlarining Rossiyaning “soya flotiliya”siga tegishli tankerlarni qo'lga kiritishga urinishlari fonida Boltiq dengizida keskinlik oshgan. Rossiyaning dengiz orqali amalga oshiradigan neft yetkazib berishining 60 foizdan ortig'i Boltiq dengizidan o'tadi.