Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev "TikTok" ijtimoiy tarmogʻi miya faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aytdi.
Modern.az xabar berishicha, Tokayev bu haqda Moskvada "AI Journey 2026" xalqaro konferensiyasi doirasida sunʼiy intellekt sohasida ishlaydigan yosh mutaxassislar bilan uchrashuvida aytgan.
"Hozir hamma smartfondan foydalanadi, lekin negadir ular faqat qoʻngʻiroq qilish, yozishmalar olib borish, balki qandaydir filmlar tomosha qilish uchun deb oʻylashadi. "TikTok"... Bu inson miyasini, ayniqsa yoshlarning miyasini vayron qiladigan dahshatli narsa", - dedi Tokayev.
Qozogʻiston Prezidenti mamlakatda xalq raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga harakat qilishayotganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, smartfonlardan savodli foydalanish fuqarolarga hatto chekka aholi punktlarida ham internetga kirish imkoniyati boʻlsa, pul ishlash imkoniyatini beradi.
Tokayev aholiga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qonuniy daromad olishga sharoit yaratadigan raqamli koʻnikmalarni oʻrgatish muhimligini taʼkidladi.
"Men buni xalq raqamli iqtisodiyoti deb atayman", - dedi Qozogʻiston Prezidenti.