AQSh prezidenti Donald Tramp yana Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qilib, uni mojaroni tugatishni istamaslikda aybladi.
Modern.az xabar berishicha, Tramp bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
“Zelenskiy urushni tugatishni istamaydi va ehtimol, hech qachon istamagan”, – dedi AQSh yetakchisi.
Tramp, shuningdek, Zelenskiy Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlarini nishonga olayotganini va bu hujumlar AQSh bozori, jumladan, jahon bozorlariga jiddiy zarar yetkazishini bilishini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Zelenskiy ikki yil avvalgidan ko‘ra qulayroq kelishuvga erishishi mumkin edi, deb da’vo qildi.
“Uning mamlakati vayronaga aylangan, hududining katta qismi yo‘qolgan, dengizlarga va okeanlarga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan, erkak aholisi soni esa kamaymoqda – odamlar jarohatlanmoqda yoki halok bo‘lmoqda”, – dedi Tramp.
Tramp Zelenskiyning tinchlik kelishuvlariga tayyor emasligidan noroziligini bildirdi va uning mojaroni hal qilishga hech qachon intilmaganini taxmin qildi. AQSh yetakchisi Ukrainaga Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi yetakchi kerakligini aytdi.