Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi bosim siyosati natija bermayotganini aytdi.
Modern.az mahalliy OAVga tayanib xabar berishicha, uning so'zlariga ko'ra, diplomatiyani tiklash uchun AQSh avvalo ishonchni mustahkamlashi, Eron bilan hurmat asosida muloqot o'rnatishi, mamlakat huquqlarini tan olishi va o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi kerak.
Arakchi ta'kidladiki, diplomatiyaning yana to'g'ri yo'lga qaytishi uchun Vashingtonning yondashuvini o'zgartirishi va o'zaro ishonchni shakllantirish yo'lida qadamlar tashlashi muhimdir.