Polsha armiyasi mamlakat harbiy aviatsiyasini shay holatga keltirdi va Jesev aeroporti faoliyatini vaqtincha to'xtatdi.
Modern.az xabar berishicha, Polsha armiyasi Operativ qo'mondonligining ma'lumotlariga ko'ra, aeroport harbiy aviatsiyaning harakat erkinligini ta'minlash maqsadida yopilgan.
Bunga mamlakat havo hududining buzilishi bilan bog'liq shubhalar sabab bo'lgan.
Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, xavotir signaliga qush suruvi sabab bo'lgan. Reuters Polsha Operativ qo'mondonligiga tayanib xabar berishicha, qushlar mamlakat xavfsizligi uchun hech qanday tahdid yaratmagan.
Shunday qilib, harbiy aviatsiyani harakatga keltirgan hodisaning sababi qush suruvi bo'lgan.