Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporojye viloyatining Enerqodar shahridagi bozorga yana uchuvchisiz uchoq bilan hujum qildi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda shahar meri Maksim Puxov ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, bozorga qilingan birinchi hujum natijasida 6 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlardan birining ahvoli o'ta og'ir.
Puxovning ta'kidlashicha, bozorga ikkinchi marta ham uchuvchisiz uchoq bilan hujum qilingan. Yangi hujum natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar bor-yo'qligi haqida qo'shimcha ma'lumot berilmagan.