AQSh Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saudning Vashingtonning Yamanda husiylarga qarshi harbiy kampaniyaga rahbarlik qilishi haqidagi iltimosini rad etdi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda "Kan News" ma'lumot tarqatgan.
AQSh ma'muriyati vakillari Vashington Saudiya Arabistonining operatsiyasini qo'llab-quvvatlashini, ammo unga rahbarlik qilmasligini bildirishgan.
Qayd etilishicha, buning sabablaridan biri Yamandagi kuchlarning hozirda Qizil dengizda AQSh kemalarini emas, balki Saudiya Arabistoni bilan bog'liq kemalarni nishonga olayotganidir.