Armaniston Rossiyaga tovarlar importiga qo'yilgan cheklovlar tufayli Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YOII) shikoyat yubordi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armaniston iqtisodiyot vaziri o'rinbosari Tigran Gasparyan parlamentda jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, muammoni hal qilish uchun nafaqat Rossiya bilan bevosita aloqalar, balki YOII doirasidagi mavjud mexanizmlar ham muhim ahamiyatga ega:
“Bunday to'siqlarni bartaraf etish uchun foydalanish mumkin bo'lgan aniq mexanizmlar mavjud. Biz ushbu imkoniyatlardan faol foydalanmoqdamiz. Biz shikoyat taqdim etdik va mexanizmlar ishga tushishi, cheklovlar olib tashlanishi kerakligiga aminmiz”.
Gasparyan ta'kidlashicha, Armaniston hukumatining pozitsiyasiga ko'ra, Rossiya tomonidan qo'yilgan cheklovlar Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi tamoyillariga va amaldagi kelishuvlarga mos kelmaydi.
“Biz YOII o'z tamoyillariga muvofiq faoliyat yuritishi uchun kurashmoqdamiz”, – deya ta'kidladi vazir o'rinbosari.