Somali Harbiy-dengiz kuchlari va Turkiya qirgʻoq xavfsizligi xizmatining Puntland qirgʻoqlarida oʻtkazgan qoʻshma operatsiyasi natijasida Kamerun bayrogʻi ostida suzayotgan “MV LUTUF” yuk kemasi toʻliq ozod qilindi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Turkiya matbuoti maʼlumot tarqatgan.
Maʼlum qilinishicha, kemaning ekipaji 12 kun davomida dengiz qaroqchilari asirligida boʻlgan. Turkiya harbiylarining qatʼiy aralashuvi natijasida ekipaj aʼzolari yoʻqotishlarsiz ozod etilgan.
Operatsiyaning muvaffaqiyatida Somali xavfsizlik kuchlariga bevosita yordam bergan Turkiya harbiy boʻlinmalari muhim rol oʻynadi. 10 kun davom etgan maxsus operatsiya davomida Turkiya-Somali birlashgan kuchlari qaroqchilarga qarshi jang qildi. Natijada 14 nafar qaroqchi oʻldirildi, tirik qolgan qurollangan shaxslar esa qochishga majbur boʻldilar.