Ozarbayjonning ishg'oldan ozod qilingan Qorabog' mintaqasi tarixiy va diniy obidalar bilan boy. Qadim zamonlardan beri Qorabog' hududida xristianlik va musulmonlikning mavjudligi inson jamiyatining ijtimoiy hayotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Bu, shu bilan birga, Qorabog'da olib borilgan qurilish ishlarida ham o'zini namoyon etgan.
Modern.az ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi Ozarbayjon Respublikasi hududida qadimiy Kavkaz Albaniyasi davlati mavjud bo'lgan. Miloddan avvalgi IV–III asrlarda paydo bo'lgan Kavkaz Albaniyasi milodiy VIII asrgacha yashagan. Kavkaz Albaniyasida Islomdan oldin xristianlik tarqalgan. Kavkaz Albaniyasining bir viloyati sifatida Qorabog' mintaqasi ham o'sha paytlarda xristianlik tarqalgan hududlardan biri bo'lgan.
Huddi shu davrlarda Qorabog'da bir qator xristianlik obidalari qurilgan. Bunday obidalardan biri ham Qorabog'ning Vangli qishlog'iga joylashgan ulug'vor Ganjasar ibodatxonasidir. Xachinchayning chap qirg'og'ida joylashgan bu ibodatxona XIII asr alban monastiridir. Ganjasar ibodatxonasi XIX asrgacha Kavkaz Albaniyasi Katolikosligining diniy markazi bo'lgan.
Bu monastir devoridagi tosh kitobaning epigrafik yozuviga ko'ra, obida alban knyazi Hasan Jalol va uning onasi Xorisha Xatun tomonidan 1216-1238-yillarda qurilgan.
Ganjasar ibodatxonasi boshqa alban obidalaridan o'z loyihasining mukammalligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu majmua cherkov, koridor, jamoat xizmati va yashash xonalari guruhidan iborat.
Monastir janub va g'arb tomonlarida ikki darvozasi bo'lgan qal'a devorlari bilan o'ralgan.
Ta'kidlash joizki, Ganjasar ibodatxonasi joylashgan Vangli Qorabog'ning noyob aholi punktlaridan biridir.
Vangli qishlog'i ham tarixan Kavkaz Albaniyasidagi Xachin knyazligining markazi bo'lgan. Xachin knyazligining eng ko'zga ko'ringan rahbarlaridan biri bo'lgan Hasan Jalolning qarorgohi bo'lgan Xanabert qal'asi ham aynan Vanglida joylashgan.
Ganjasar monastiri boshqa Alban obidalaridan o'z loyihasining mukammalligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Majmua cherkov, koridor, jamoat xizmati va yashash xonalari guruhidan iborat. Monastir janub va g'arb tomonlarida ikki darvozasi bo'lgan qal'a devorlari bilan o'ralgan. Bu yerdagi cherkov xochsimon-gumbazli kvadrat shaklida bo'lib, tartibli kesma toshlardan qurilgan.
VIII asrda Qafaz Albaniyasida (Ozarbayjonda), shu jumladan Qorabog'da Islom dinining qabul qilinishi yangi bir bosqichning boshlanishini qo'ydi. Mintaqada ko'plab masjidlar qurilgan bo'lsa-da, xristian ibodatxonalari ham saqlanib qoldi.
1985-yilda qayta tiklangan Ganjasar monastiri Ozarbayjon hukumati tomonidan “Jahon ahamiyatiga molik madaniyat obidalari ro'yxati”ga kiritilgan.
Afsuski, Vangli qishlog'i 1993-yildan 2023-yilgacha Armaniston qurolli kuchlari va Qorabog'dagi arman separatistlarining ishg'oli ostida bo'lgan. O'sha davrda obidaning me'moriy tuzilishi va interyeri armanlar tomonidan noqonuniy ravishda o'zgartirishlarga uchragan. Devor yozuvlari buzilgan, obidaning bir nechta tosh yozuvlari, shuningdek, Kavkaz Albaniyasi davriga oid ko'plab ornament va ramzlar butunlay o'chirilgan, ularning ko'plarining shakli o'zgartirilib, tanib bo'lmas holga keltirilgan. Ganjasar ibodatxonasining ichki devorlari arman tilidagi yozuvlar bilan “bezatilgan”. Shu bilan birga, majmua ichidagi knyaz Hasan Jalolning qabri ustidagi qabr toshi sindirilgan. Ishg'olchilarning maqsadi tarixni soxtalashtirish, bu qadimiy obidani o'zlashtirish va uni dunyoga “arman cherkovi” sifatida taqdim etish edi. Ular bir necha bor bunday taqdimotlarga urinishlar ham qilishgan.
Holbuki, XIX asrgacha Qorabog'da arman etnik massasi yashamagan. Ular mintaqaga XIX asrda Rossiya imperiyasining homiyligida Erondan ko'chirilganlar.
Ta'kidlash joizki, Ganjasar monastiri 30 yillik arman ishg'oli davrida noqonuniy yo'llar bilan Qorabog'ga kelgan xorijiy sayyohlarning eng ko'p ziyorat qilgan obidasi bo'lgan.
Hatto 2010-yilda mashhur italyan estrada xonandasi Albano Karrizi ham Ozarbayjonning ruxsatisiz Vangli qishlog'iga tashrif buyurgan va Ganjasar monastir majmuasini kezgan edi.
Nihoyat, uzoq yillar Armaniston ishg'oli ostida qolgan Vangli qishlog'i 2023-yil sentyabrning 20-da Ozarbayjon Armiyasining Qorabog'da o'tkazgan antiterror tadbirlari natijasida ozod bo'ldi. Shunday qilib, tarixiy Ganjasar ibodatxonasi ham ozodlikka erishdi.
2023-yil noyabrning 7-da Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev ham mashhur Ganjasar monastiri qad rostlagan tarixiy Vangli qishlog'ini ziyorat qildi va bu yerlarning haqiqiy egalari ozarbayjonliklar ekanligini butun dunyoga ko'rsatdi.
Vangli qishlog'i baland tog'li hududda joylashgan. Havosi yozda salqin, yomg'irli, qishda esa sovuq va qorli kechadi. Qishloq atrofi o'rmonlar bilan qoplangan, shuning uchun havosi toza va shifobaxshdir. Tarixiy va diniy obidalar bilan mashhur bo'lgan bu qishloqning yaqin kelajakda xorijiy sayyohlarning diqqatini tortishi istisno etilmaydi.
A.Qafarlı