AQSh Falastin prezidenti Mahmud Abbosga kelasi hafta Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadigan BMT Bosh Assambleyasi yigʻilishida ishtirok etish uchun viza berishdan bosh tortdi.
Modern.az AFPga tayanib xabar berishicha, bu Donald Tramp maʼmuriyatining Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) aʼzolari va rahbarlariga nisbatan qoʻllagan sanksiyalari doirasida Abbosning ikkinchi marta AQSh vizasidan mahrum etilishi hisoblanadi.
AQSh Davlat departamenti Falastin maʼmuriyati va boshqa tashkilotlarni “islohotlar oʻtkazmaslikda” aybladi. Departament Abbos boshchiligidagi FOT aʼzolari va rahbarlariga nisbatan sanksiyalar qoʻllanilishini va viza cheklovlari uzaytirilishini eʼlon qildi.
AQSh maʼmuriyati oʻtgan yili ham Abbos va Falastin delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi yigʻilishida ishtirok etishi uchun viza bermagan edi. Shu sababli Abbosning oldindan yozilgan videomurojaati BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida namoyish etilgan edi.