AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni Fransiyani larzaga solgan tartibsizliklar uchun immigratsiyani aybladi.
Modern.az xabar berishicha, AQSh prezidenti Parijni immigratsiya siyosatini kuchaytirishga chaqirgan.
“Fransiya yonmoqda! Qalbi nafratga toʻla boʻlgan butunlay boshqa dunyodan kelgan immigratsiya bir vaqtlar buyuk boʻlgan bu mamlakatni vayron qildi”, - dedi Tramp yakshanba kuni oʻzining “Truth Social” platformasidagi postida. U qoʻshimcha qildi: “Chegaralarni yoping va juda kech boʻlmasdan bu vaziyatni nazorat ostiga oling!”
17-oktabr kuni Parijda va butun Fransiyada yoqilgʻi narxlarining oshishi va xarid qobiliyatining pasayishiga qarshi ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtdi. Tashkilotchilar norozilik namoyishlarida 800 ming kishi ishtirok etganini, Ichki ishlar vazirligi esa bu raqam 550 ming ekanligini maʼlum qildi. Bir necha shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklar va politsiya bilan toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. Ichki ishlar vaziri Loran Nunyes 1800 kishi hibsga olinganini aytdi.