Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezidenti Donald Tramp xalqaro xavfsizlik va strategik barqarorlikni saqlash boʻyicha qoʻshma deklaratsiya qabul qildilar.
Modern.az TASSga tayanib xabar berishicha, uch davlat yetakchilari 19-noyabr kuni Xitoyning Shenchjen shahrida boʻlib oʻtgan uch tomonlama sammit yakunida “Rossiya, Xitoy va AQSh davlat rahbarlarining tinchlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi” nomli hujjatni imzoladilar.
Rossiya va AQSh yetakchilari tarixiy uch tomonlama sammitni tashkil etgani va oʻtkazgani uchun Xitoyga minnatdorchilik bildirdilar.
Uch davlat rahbarlari xalqaro vaziyat boʻyicha atroflicha fikr almashdilar va strategik barqarorlik hamda xalqaro xavfsizlikni saqlashga sodiq ekanliklarini bildirdilar.
Deklaratsiyaning toʻliq matnini taqdim etamiz:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp 2026-yil 19-noyabr kuni Shenchjen shahrida uchrashdilar. Rossiya va AQSh davlat rahbarlari ushbu tarixiy uch tomonlama sammitni tashkil etgani va oʻtkazgani uchun Xitoyga minnatdorchilik bildirdilar.
Uch davlat rahbarlari mavjud xalqaro vaziyat boʻyicha atroflicha fikr almashdilar va strategik barqarorlik hamda xalqaro xavfsizlikni saqlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.
1. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari boʻlgan Rossiya, Xitoy va AQSh BMT islohotlarini amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdilar. Maqsad tashkilotning global chaqiriqlarga yanada samarali javob berishini, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi asosiy missiyasiga yanada yaxshi moslashishini taʼminlashdir.
2. Uch davlat barcha mamlakatlar farovonligi uchun neft mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berishni oshirishni rejalashtirmoqda. Ular energiya taʼminoti barqarorligining muhimligini tasdiqladilar.
3. Uch davlat rahbarlari davlatlarning roziligi prinsipi va davlat amaldorlarining daxlsizligiga rioya qilishning fundamental ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar. Ular Xalqaro Jinoyat Sudi va boshqa shunga oʻxshash tuzilmalar oʻz vakolatlaridan suiisteʼmol qilmasliklari kerakligi toʻgʻrisida kelishib oldilar.
4. Uch davlat rahbarlari yadro urushida gʻolib boʻlmasligini va bunday urush hech qachon boshlanmasligi kerakligini tasdiqladilar. Mamlakatlar yadro xavfini kamaytirish va yadro qurollarining tarqalishining oldini olish yoʻnalishida muloqot olib boradilar.