Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) mamlakatlar uzoq davom etgan muzokaralarda kelisha olmaganidan soʻng bugun kechqurun yakunlandi.
Modern.az xabar berishicha, “Antaliya pakti” qabul qilinmagan.
Bugun raislik tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi kelishuv loyihasiga Yevropa Ittifoqi (YI), Norvegiya, Panama va Marshall orollari kabi bir qator mamlakatlar eʼtiroz bildirishi natijasida BMT tarixidagi eng uzoq davom etgan iqlim konferensiyasi boʻlgan COP31da kelishuvga erishilmadi.
Shunday qilib, konferensiya yakunlanganini eʼlon qilgan COP31 prezidenti Murat Kurum kecha-yu kunduz birgalikda ishlaganliklarini va yigʻilishdan yanada kuchliroq natija olishni maqsad qilganliklarini bildirdi.
BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish COP31ning keng qamrovli natija boʻyicha kelishuvga erishilmasdan yakunlanganidan chuqur hafsalasi pir boʻlganini bildirdi.
A. Guterrish bu muvaffaqiyatsizlik faktlarni oʻzgartirmasligini taʼkidladi:
“Muzokaralar stolida kelishuvga erishilmasligi mumkin, ammo ilmiy haqiqatlar bilan bogʻliq hech qanday noaniqlik yoʻq”.
U, shuningdek, boy mamlakatlarni iqlim moliyalashtirishining eng muhtojlarga yetib borishini taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.