Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan chegarani kesib o'tgan shaxs harbiylar tomonidan aniqlanib, Milliy xavfsizlik xizmatiga topshirilganini ma'lum qildi.
Modern.az xabar berishicha, Pashinyan voqea haqida gapirar ekan, harbiylarning xatti-harakatlarini himoya qilgan.
“Ushbu shaxs chegarani kesib o'tgan, harbiylar uni aniqlab, Milliy xavfsizlik xizmatiga topshirganlar. Ular bir odam kelayotganini ko'rishgan. O'q uzib o'ldirishlari kerakmidi? Muammo nimada? Uni Respublika maydonida ushlab turishmagan”, – dedi u.
Pashinyan qo'shimcha qildi, dunyoda alohida shaxslar o'ta olmaydigan chegara yo'q:
“Makedoniyalik Iskandar davridan hozirgacha bunday chegara bo'lmagan”.