Armanistonda hibsga olingan ozarbayjonlik harbiysi Nasimi Musayevning qo'lga olingan lahzalariga oid videolar tarqaldi.
Modern.az xabar berishicha, videolarni “Jog'ovurd” gazetasi e'lon qilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Musayev Shaki aholi punktida fuqarolardan biriga tegishli molxonada topilgan va u yerdan olib chiqilib hibsga olingan.
Gazeta, shuningdek, Musayev o'z ko'rsatmalarida mahalliy oilaning uyiga kirganida hech kimga zarar yetkazish niyati bo'lmaganini bildirganini da'vo qilmoqda. Bu ma'lumot nashr qo'lga kiritganini bildirgan ko'rsatmalarga asoslanadi.
Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon Bosh prokuraturasi avvalroq Nasimi Musayevning Armanistonda ekanligini va ushbu mamlakatning tegishli organlari tomonidan hibsga olinganini ma'lum qilgan edi. Muassasa hodisaning holatlarini aniqlash uchun qarshi tomonning tegishli tuzilmalari bilan aloqalar davom ettirilayotganini bildirgan.