Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan TRIPP loyihasining rasmiy boshlanishi eʼlon qilinadigan sanani oʻzgartirdi.
Modern.az xabar berishicha, Pashinyan bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirgan.
“Shunday qilib, ertaga yakshanba. TRIPP loyihasini amalga oshirishga rasmiy start dushanba kuni beriladi”, – deb yozgan Armaniston Bosh vaziri.
***
14:41
Armaniston oʻzining elektr tarmogʻini Ozarbayjon va Turkiya elektr tarmoqlari bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan oʻz mamlakatining energiya strategiyasi haqida gapirganda maʼlum qilgan.
“Biz elektr tarmogʻimizni Turkiya va Ozarbayjon elektr tarmoqlari bilan birlashtiramiz. Biz allaqachon Eron va Gruziya tarmoqlariga ulanganmiz. Elektr energiyasini uzatishni yanada samarali qilish uchun sarmoya kiritmoqdamiz”, – dedi Pashinyan.
Uning soʻzlariga koʻra, energiya, shu jumladan elektr energiyasining tranziti “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp marshruti” (TRIPP) loyihasining muhim qismidir.
“Ertaga biz TRIPP loyihasining boshlanishini rasman eʼlon qilamiz. “Tinchlik chorrahasi” loyihasi haqiqatga aylanmoqda”, – dedi Bosh vazir.
Pashinyan, shuningdek, Armaniston yangi atom elektr stansiyasi qurishni va quyosh energiyasidan yanada samarali foydalanish uchun energiya saqlash quvvatlarini yaratishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
“Biz qayta tiklanadigan energiyani, ayniqsa quyosh energiyasini tez rivojlantirmoqdamiz. Endi esa energiya saqlash quvvatlarini yaratishimiz kerak. Bu imkoniyatlarsiz quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligi ikki baravar kamayadi”, – dedi u.