Rossiyaning Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) qo'shilishi tushunarli va maqsadga muvofiq qadam bo'lar edi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Moskvaga hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan. Shunga qaramay, masala Qozog'iston tomoni bilan aloqalarda muhokama qilinishi mumkin.
“Rossiyaning Turkiy Davlatlar Tashkilotidagi ishtirokiga kelsak, bilasizki, Rossiyada tarixiy kelib chiqishi turkiy bo'lgan bir qator xalqlar yashaydigan hududlar bor”, – dedi Peskov.
Kreml matbuot kotibi alohida hududlar emas, balki butun Rossiya Federatsiyasi tashkilot ishiga qo'shilishi kerakligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiyani TDTga taklif qilishni taklif qilgan edi.