Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan TRIPP – "Tramp marshruti" doirasida mamlakat hududidan o'tadigan temir yo'lda bekatlar bo'lishini ma'lum qildi.
Modern.az xabar berishicha, Mirzoyan parlamentning tashqi aloqalar komissiyasida loyiha bo'yicha kelishuv loyihasini taqdim etar ekan, muxolifatdagi "Hayastan" fraksiyasi deputati Kristine Vardanyanning savoliga javob berdi.
Vazir kelajakda bu yo'nalishda yo'lovchi tashish ham amalga oshirilishini, odamlar yo'l davomida to'xtash yoki marshrutlarini o'zgartirishni xohlashlari mumkinligini aytdi.
Mirzoyan bekatlar masalasi hozirgacha alohida muhokama qilinmaganini, ammo Armanistonning temir yo'ldan yuk va yo'lovchi tashish uchun foydalanishi nuqtai nazaridan ularni zarur deb hisoblashini bildirdi.