Tolibon AQSh bilan diplomatik aloqalarni normallashtirish istagini bildirdi va Vashingtonni “jangovar siyosatini” qayta koʻrib chiqishga chaqirdi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda harakat vakillari "Al Hadath" nashriga ma'lum qilishgan.
Kabulda ta'kidlanishicha, ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash tashabbusi doirasida AQSh elchixonasining Afgʻoniston poytaxtida faoliyatini tiklashi ham koʻzda tutilgan.
Tolibon vakillarining fikricha, AQShning milliardlab dollar miqdoridagi muzlatilgan Afgʻoniston davlat aktivlarini ozod qilishi munosabatlarni normallashtirish jarayoniga muhim hissa qoʻshishi mumkin.