Indoneziyada bo'ron paytida Yava dengizida suzib ketayotgan "Virgo Transport 8" kemasi bilan aloqa uzildi. Kemada 243 kishi bo'lgan.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Indoneziya Milliy Qidiruv va Qutqaruv Agentligi ma'lumot tarqatgan.
Operatsiya koordinatori Putu Sudayana ma'lum qilishicha, kema oxirgi marta Banjarmasidagi "SAR Basirih" ko'prigidan taxminan 80 dengiz mili masofada bo'lgan.
Ekipaj bilan aloqa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 2:00 atrofida ob-havo sharoiti keskin yomonlashganidan keyin uzilgan.
Dengiz kuchlari, suv politsiyasi, port va navigatsiya xizmatlari qidiruv ishlariga jalb qilingan.