2026-yilgi Nobel mukofoti laureatlari nomlari 5-oktabrdan boshlab e'lon qilinadi.
Modern.az Nobel jamg'armasining rasmiy veb-saytiga tayanib xabar berishicha, g'oliblar e'lon qilinadigan taqvim quyidagicha:
5-oktabr — fiziologiya yoki tibbiyot;
6-oktabr — fizika;
7-oktabr — kimyo;
8-oktabr — adabiyot;
9-oktabr — tinchlik;
12-oktabr — iqtisodiyot fanlari.
Laureatlarga Nobel mukofotlari Alfred Nobel vafotining yilligi kuni — 10-dekabrda topshiriladi.
Nobel Tinchlik mukofotini topshirish marosimi Norvegiya poytaxti Osloda, boshqa mukofotlarni topshirish esa Shvetsiya poytaxti Stokholmda bo'lib o'tadi.